Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi a'zosi bo‘lgan 30 yoshli xorvatiyalik himoyachi Vedran Chorluka yozgi transferlar vaqtida Myunxenning «Bavariya» jamoasi a'zosiga aylanadi. Bu haqda Xorvatiyadagi Večernji.hr nashriga asoslanib Tribuna.uz xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, tomonlar transfer bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishishgan.
Futbolchining xizmatlariga germaniyaliklar jamoasining bo‘lg‘usi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jiddiy qiziqish bildirgan.
Futbolchining transferi uchun moskvaliklar jamoasiga 7 million yevro to‘lanishi aytilgan.
Chorluka o‘tgan mavsumda Rossiya chempionatining 24 uchrashuvida maydonga tushgan va 3ta gol urgan.
Chorluka «Lokomotiv»ga 2012 yili Angliyaning «Tottenhem» jamoasi safidan kelib qo‘shilgandi.
Manba: Tribuna.uz