Braziliya politsiyasi 27 yoshli yigitni Marakajuada Rio-2016 olimpiya alangasiga estafeta ishtirokchilarining chelagidan suv quygani uchun qo‘lga oldi. Tartibbuzar alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lmagan.
Keyinroq, bu shaxs politsiya vakillariga bu ishni garov o‘ynab amalga oshirganini ta'kidlagan. Unga jazo tayinlanishi haqida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.
Ushbu voqeadan bir hafta oldin Braziliyada olimpiya alangasining Manaus shahriga kelishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda qatnashgan yaguar otib tashlanganda. Bu yaguar o‘z veterinariga hujum qilishga harakat qilgan.
Olimpiya alangasining estafetasi 3 may kuni boshlangan, O‘yinlar esa Rioda 5 avgust kuni boshlanadi. Hozirgi kunga kelib Olimpiada alangasi yer shari bo‘ylab 20 ming kilometrni bosib o‘tishi kutilmoqda.