Amerikalik marafonchi Toshkent - Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha 525 kilometr bosib o‘tadi

Sport 14:37 / 28.06.2016 5683

Amerikalik taniqli marafonchi Din Karnazes Markaziy Osiyo mamlakatlari - Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston bo‘ylab 525 kilometrlik megamarafonni bosib o‘tadi. Bu haqida sportchi Facebook'dagi sahifasi orqali ma'lum qilgan. 

29 iyundan 10 iyulgacha Karnazes - Buyuk Ipak Yo‘li O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston malakatlari mustaqilligining 25 yilligiga shu davlatlar bo‘ylab 525 kilometrni bosib o‘tadi. Din Karnazes Toshkentdan start olib, Bishkekka yo‘l oladi va marafonga Olmaotada yakun yasaydi. U 11 kun ichida o‘z niyatini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Sportchi o‘rta hisobda kuniga 50 mil masofani bosib o‘tadi. Yo‘lda Din odamlar bilan muloqot qiladi va barcha yoshdagi kishilarni quvnoq marafonga qo‘shilishga chorlaydi. 

Manbaga ko‘ra, Dinning Markaziy Osiyoga sayohati odamlarga sport diplomatiyasining qudratini ko‘rsatish imkonini beradi. 

Din Karnazes 2005 yilda 560 kilometr masofani 80 soatu 44 daqiqada uxlamasdan bosib o‘tganligi bilan mashhur.

 

Foto:© FACEBOOK

 

Ko‘proq yangiliklar: