Rossiya mudofaa vazirligi, Amerika esminetsi ekipajini Rossiyaning O‘rta yer dengizida suzib yurgan "Yaroslav Mudryy" qo‘riqchi kemasiga juda xavfli tarzda yaqinlashganlikda ayblamoqda. Hodisa 17 iyun kuni sodir bo‘lgan. AQSh dengizchilarining hatti-harakatlari xalqaro qoidalarni ham, Rossiya-Amerika kelishuvlarini ham qo‘pol ravishda buzadi, deb ta'kidlashgan Rossiya harbiy ma'muriyatida.
"Amerikaning O‘rta yer dengizidagi Gravely esminetsi Rossiyaning jangovar kemasiga chap tomondan 60-70 metrlar yaqinlashib, "Yaroslav Mudryy" harakat yo‘nalishini, oldtomondan xavfli masofa, chamasi 180 metrlar uzoqlikdan kesib o‘tgan", — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Rossiya harbiy ma'muriyati o‘z bayonotida, Pentagon e'tiborini Gravely komandiri va ekipaji, kemalar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha 1972 yili qabul qilingan xalqaro qoidalar va ikki tomonlama kelishuvlarni buzganiga qaratgan.