Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shu haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashadi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Albatta tomonlar hali bir-biriga tomon qadam tashlamadi. Lekin bu yo‘nalishda ishlar ketmoqda. Xususan, ertaga Rossiya tomoni tashabbusi bilan mamlakat prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkaziladi", degan Peskov.
27 iyun kuni Kremldagilar Erdo‘g‘an Putinga yo‘llagan maktubida Su-24 voqeasi uchun uzr so‘ragani haqida aytishdi.
Shuningdek, Turkiya prezidenti Rossiya bilan munosabatlar tez orada normallashishiga umid qilayotganini bildirib o‘tdi.
Keyinroq Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Turkiya Rossiyaga urib tushirilgan Su-24 uchun tovon puli to‘lashga tayyorligini aytgandi.
Bugun, biroz vaqt oldinroq bu ma'lumot inkor etildi.