Suriya muholif qurolli tuzilmalariga jangchilarni tayyorlash bo‘yicha maxfiy dastur amal qiladigan Iordaniyaga AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Saudiya Arabistonidan yetkazib beriladigan qurol iordaniyalik harbiy va razvedka vakillari tomonidan tizimli ravishda o‘g‘rilanib, so‘ngra qora bozorda sotiladi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
O‘z tergovini o‘tkazgan nashr ma'lumotlariga ko‘ra, "millionlab dollarlik" o‘g‘riliklar Suriyaga isyonchilar tayyorlash dasturiga jalb qilingan iordaniyalik harbiylar va qirollik razvedka xizmatlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Gap xususan, AQSh tomonidan qurollantirish va mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yetkaziladigan Kalashnikov avtomatlari, minomyot va granatomyotlar haqida bormoqda. Buning oqibatida Iordaniya qora bozori AQShdan kelayotgan qurolning yangi namunalari bilan to‘lib toshgan. Bu qurollar, shuningdek, uni xorijga noqonuniy sotuvchi jinoiy guruhlar qo‘liga ham tutishi mumkin, deb yozmoqda nashr.
Bu o‘g‘rilangan qurollardan o‘tgan yilning noyabrida Ammangadagi hujum vaqtida foydalanilgan. Bu hujum oqibatida 5 kishi, jumladan AQShning ikki nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Gazetaning fikricha, vujudga kelgan vaziyat "AQShning qurollantirish va isyonchilarni tayyorlash dasturlari qanday chalkash va rejalashtirilmagan oqibatlarga olib kelishini" isbotlaydi.
foto:© EPA/JAMAL NASRALLAH