Madagaskardagi stadionda yuz bergan portlash oqibatida 84 kishi jabr ko‘rdi

Jahon 07:14 / 27.06.2016 5214

26 iyunda Madagaskar poytaxti Antananarivuda portlash yuz berdi: Madagaskarning Fransiyadan mustaqil bo‘lishining 56 yilligiga bag‘ishlangan stadiondagi bepul konsert vaqtida granata portladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida kamida 2 kishi: 16 va 18 yoshli o‘smir halok bo‘lgan, 84 kishi jarohat olgan. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 19:30larda Maxamasina stadionida yuz bergan.

Mamlakat bosh vaziri Maxafalya Solonandrasana bo‘lib o‘tgan voqeani terakt deb atadi, prezident Eri Radzaunarimampianina mamlakat qurolli kuchlariga aholi xavfsizligini ta'minlashni buyurdi, deb xabar bermoqda Agence France-Press axborot agentligi.

Mamlakat prezidenti ushbu hujum uchun javobgarlik amaldagi hukumatning siyosiy raqiblari zimmasida ekanligini aytdi.

"Bizning oramizda ziddiyatlar bo‘lishi mumkin, biroq bunday barqarorsizlashtirish harakatlariga chidab bo‘lmaydi", deb aytdi mamlakat prezidenti milliy televideniye efirida. Prezident aholini osoyishtalikka chaqirdi, hukumat zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob bermasligini aytdi. "Agar sizni yetakchi qoniqtirmayotgan bo‘lsa, siz aholini o‘ldirishga haqqingiz yo‘q", deb ta'kidlab o‘tdi prezident.

Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot zimmasiga olmagan. Hujumni huquq-tartibot muassasalari tergov qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, terakt sababli hozircha hech qanday hibsga olishlar amalga oshirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: