«LUKOYL» 2017 yilda Hisordan 4,8 mlrd kub gaz oladi

O‘zbekiston 18:44 / 27.06.2016 5721

Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi 2017 yilga kelib, O‘zbekistondagi Hisor loyihasi doirasida gaz qazib olishni 4,8 mlrd kubometrga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaning amaldagi birinchi vitse-prezidenti Ravil Maganovning ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2015 yilda Hisor loyihasi dorasida 1,6 mlrd kubometr miqdorida gaz olgan.

Ayni damda kompaniya gaz yig‘ish, tayyorlash va yetkazish borasida qurilish ishlarini faol tarzda olib bormoqda.

Ma'lumot uchun: “Janubi-G‘arbiy Hisor” loyihasi asosida gaz olish loyihasi 2011 yilning dekabr oyidan boshlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: