Litvada echkilar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 18:10 / 27.06.2016 11121

Litvaning Ramigala shahrida echkilar o‘rtasida go‘zallik tanlovi o‘tkazildi. Bu haqida Reuters xabar qildi. 

Tanlovda 16 oylik Demit nomli echki g‘alaba qozondi. G‘olib sharafiga uyushtirilgan tantana namoyishiga taxminan 500 kishi tashrif buyurdi. 

Eng chiroyli echki egasi - 74 yoshli  Ferdinandas Petkevichus. U olti yillik urinishdan keyin ushbu tanlovda g‘olib bo‘ldi. 

Qizil yo‘lakchadan gullar bilan bezatilgan olti ishtirokchi o‘tishdi. Bir necha ishtirokchi yo‘lakchadan o‘tishga qarshilik qildi, shu bois ularni egalari olib o‘tishdi. G‘olibni hakamlar hay'ati tanladi.

G‘oliblarga turli yeguliklar, kitoblar va sartaroshxonaga kuponlar tarqatildi. 

Ko‘proq yangiliklar: