TechRax YouTube-kanalida koka-kola bilan to‘ldirilgan basseyn tasviri paydo bo‘ldi. Videoda keltirilgan ta'rifda qayd etilishicha, blogerlar tasvirga olishi uchun qariyb 1,5 ming ichimlik galoni (5,6 ming litrga yaqin) kerak bo‘lgan. 24 iyun kuni yuklangan rolik uch kun ichida 8 million martadan ortiq tomosha qilingan.
Ichimlik idishi aynan koka-kola bilan to‘laligini isbotlash uchun suvga bir chelak Mentos konfetini tashlashdi. Keyin blogerlardan biri basseynga sakradi. U suzayotgan mahal boshqa ishtirokchilar dronni ishga tushirib, uni to‘g‘ri suvning ichiga o‘rnatishdi. So‘ngra ular dronni basseyndan olib chiqishdi, biroq qurilma ishlamay qoldi.