Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, mamlakat tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berish rejasini e'lon qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. Isroil hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarni normallashtirish kelishuvi, tranzit bo‘yicha bitimni imzolashni ko‘zda tutadi.
«Isroil tabiiy gazi Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berilishi mumkin. Mazkur kelishuvsiz buning imkoni bo‘lmas edi. Gap yirik raqamlar haqida bormoqda», — degan Netanyaxu Rim shahrida qilgan chiqishida.
Avvalroq, Isroil va Turkiya o‘zaro munosabatlarni normallashtirishga kelishib olgani xabar qilingan edi.
foto:© RIA