Ispaniya bosh vaziri lavozimini bajaruvchi va Ispaniya Xalq partiyasi yetakchisi Mariano Raxoya uning partiyasi takroriy umumiy saylovlarni yutgani sababli hukumat tepasiga kelishga haqqi borligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, saylov bo‘yicha deyarli barcha bayonnomalar ishlangandan keyin Xalq partiyasi deputatlar kongressida 137 o‘rin olishi ma'lum bo‘ldi. O‘tgan yil dekabrdagi saylovlarda partiya 123 o‘rin olgandi. Mutlaq ko‘pchilik uchun esa 176 o‘rin zarur.
Foto:por EFE