Ispaniya Xalq partiyasi Ispaniyada muddatdan avvalgi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi va o‘z mavqeini mustahkamlab oldi, biroq bu hukumatni shakllantirish uchun yetarli bo‘lmadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xalq partiyasi ovoz berish natijalariga ko‘ra 350 mandatdan 137 tasini oldi, biroq u bir o‘zi yakka qaror qabul qilishi uchun kamida 176 deputatlik o‘rni olishi kerak edi.
Ya'ni partiya tomonidan ilgari suriladigan istalgan qonun loyihasi to‘sib qo‘yilishi mumkin va bu yangi saylovlar Ispaniya siyosiy tizimiga aniqlik olib kelmaganini anglatadi, vaholanki bu saylovlar aynan shuning uchun o‘tkazilgandi.
Ovoz berish o‘ng va so‘llar orasidagi kuchlarni biror tomonga ustunligini aniqlash uchun tashkil etilgandi, chunki ular o‘zaro kelisha olmayotganlari sababli Ispaniya parlamentining qonun chiqarish ishini boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ydilar.