Ispaniyada parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi

Jahon 01:47 / 27.06.2016 3343

Ispaniyada ikki palatali parlament – Bosh korteslarga saylovlar yakunlandi. Mahalliy vaqt  bilan soat 09:00 da ochilgan saylov uchastkalari 20:00gacha ishlagan.  

Mahalliy vaqt bilan 18:00 ma'lumotiga ko‘ra, saylovlarga qatnashish 51,2 foizni tashkil qilgan, bu esa 2015 yil 20 dekabrdagi saylovlardan pastroq bo‘ldi. O‘shanda saylovda 58,22 foiz odam ishtirok etgan. 

Saylov natijalariga ko‘ra, deputatlar kongressiga (quyi palata) 350 a'zo hamda 208 ta senator (yuqori palata a'zolari) saylanadi.

Ispaniya bosh vaziri majburiyatlarini bajaruvchi Mariano Raxoyaning Xalq partiyasi, Pedro Sanchesning Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi, Pablo Iglesiasning "Birlashib, buni qila olamiz" so‘l koalitsiyasi va Albert Riveraning "Fuqarolar" partiyasi saylovlarda g‘alabaga asosiy da'vogarlar hisoblanadi. Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga barcha to‘rt nomzod Ispaniya fuqarolarini anglangan tanlov qilish va faollik ko‘rsatishga chaqirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: