O‘tgan haftada Xitoyda dunyodagi eng qudratli TaihuLight superkompyuteri ishga tushirilgan edi. Uning mehnat unumdorligi 93 petaflopsni tashkil etadi. Shu kunlarda, AQShning Oak Rijdagi Energiya departamenti milliy laboratoriyasi yaqin orada IBMning superkompyuterini olishi ma'lum qilindi. Uning unumdorligi esa, Xitoynikidan ikki baravardan ortiqroq bo‘lib, 200 petaflopsni tashkil etishi kutilmoqda.
NVIDIAning Volta chiplarining grafik imkoniyatlari tufayli yangi Summit superkompyuteri parallel hisoblash qobiliyatidan maksimal darajada foydalana oladi. IBM kompaniyasining openPOWER texnologiyasi esa, kompyuter protsessorlari, ma'lumotlar saqlash qurilmalari, hisoblash uskunalari va boshqa qismlari orasidagi axborot almashinuvini tez va ishonchli amalga oshirishga yordam beradi.
AQSh Energiya departamenti, mamlakatdagi aksar superkompyuterlarga ega bo‘lib, uning safi yaqinda yana ikkitaga ko‘payadi.
Ulardan biri Sierra deb nomlanib, uning unumdorligi 150 petaflopsga yaqindir. Yana bir Aurora superkompyuteri Argon milliy laboratoriyasida paydo bo‘ladi.
Flops-kompyuterning soniyasiga amalga oshira oladigan hisoblash amaliyoti soni 10ning 15 darajasi vordda ko‘rsatadi