GM kompaniyasi o‘zi suzadigan suvosti kemasi ishlab chiqmoqchi

Fan-texnika 17:22 / 27.06.2016 6325

General Motors konserni AQSh harbiy-dengiz kuchlari buyurtmasiga asosan, yangi avlod suv osti kemalarida qo‘llash mumkin bo‘lgan vodorod yoqilg‘isi ishlab chiqish ustida izlanishlar olib bormoqda. Mustaqil boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan suv osti kemasi esa, GM va Amerika harbiylarining ilk qo‘shma loyihasi bo‘ladi. Hozircha, uning texnik tafsilotlari e'lon qilinmayapti. Shunisi ma'lumki, GM yoqilg‘i yacheykalariga ega suvosti kemasi 60 kun suza oladi. 

GM yoqilg‘i yacheykalari o‘rnatilgan namunaviy kemaning birinchi sinovi Merilend shtati Karderok harbiy dengiz kuchlari bazasida bo‘lib o‘tgan. Harbiylar, suvosti kemasining arzonligi, ishonchliligi, samaradorligi va yengilligini qayd etib, kelgusida o‘zi suzadigan suv osti kemalari ishlab chiqish qoidalarini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ta'kidlashgan. 

Aytish joizki, GM konserni 2008 yildan beri suvosti kemalari ustida ish olib borayotgan bo‘lsa-da, u hanuz bironta ham vodorodda yuradigan avtomobil ishlab chiqarmagan. Toyota (Mirai), Hyundai (ix35) va Honda (Clarity) kompaniyalari esa, vodorod mashinalarini seriyali tarzda ishlab chiqishni allaqachon yo‘lga qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: