Gari Lineker: «Germaniya bo‘lish zerikarli, hamisha g‘alaba qilaverasan»

Sport 01:30 / 27.06.2016 5874

Angliyalik sobiq futbolchi, ayni vaqtda sport sharhlovchisi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Gari Lineker Germaniya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi g‘alabali o‘yinlari borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Germaniya yutmoqda. Bu xuddi "suv ho‘l bo‘ladi" degani kabi.

Germaniya bo‘lish zerikarli, hamisha g‘alaba qilaverasan», – deya yozgan Lineker o‘z tvitteriga.

Germaniya terma jamoasi Yevro-2016 nimchorak finalida Slovakiya ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnirning chorak finaliga chiqdi.

Linekerning Germaniya futboli haqidagi o‘tgan asrda aytilgan quyidagi iborasi mashhur: «Futbol - maydonda 22 kishi o‘ynaydigan sport turi, yakunda hamisha Germaniya g‘alaba qozonadi».

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: