Buyuk Britaniya davlat obligatsiyalari daromadi XVIII asr qo‘rsatkichiga tushib ketdi

Iqtisodiyot 17:49 / 27.06.2016 3782

Britaniyaning 10 yillik obligatsiyalari daromadliligi XVIII asrda boshlangan kuzatuvlardan beri ilk marotaba yillik 1 foizdan pastga tushib ketdi. Sky News telekanali sharhlovchisi Ed Konvey Twitterdagi mikroblogida shu haqda so‘z yuritgan.

Uning aytishicha, hozircha bu Britaniya hukumatiga ishonchsizlikmi yoki sarmoyadorlarning yanada tavakkal aktivlarni tark etishimi, aniq emas. 

Shu bilan birga, Forex bozoridagi funt sterling kursi 31 yildagi eng quyi ko‘rsatkichga tushib ketgan. 1 funt 1,327 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Konveyning so‘zlariga ko‘ra, sarmoyadorlar Angliya bankining foiz stavkalarini tushirishiga umid qilmoqda. 

Aytish joizki, Britaniyada o‘tkazilgan referendumdan so‘ng, jahon fond bozorlarida keskin qulashlar yuz bermoqda. Global fond bozorlarini kapitallashtirishda 2 trln dollar mablag‘ yo‘qotilgan. Yevropa fond bozorlari esa, 3-7 foizga pasayib ketgan.

 

Foto: Frank Rumpenhorst 

Ko‘proq yangiliklar: