Buyuk Britaniyaning referendum natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidan chiqish (Brexit) qarori sabab Yevropaning asosiy valyutalari bosim ostida qolishida davom etmoqda. Buni savdo ma'lumotlari tasdiqlab turibdi.
Toshkent vaqti bilan 09:29 da funt sterling kursi dollarga nisbatan o‘tgan savdolarda qayd etilgan 1,3676 dollar ko‘rsatkichdan 1,3391 AQSh dollarigacha pasaygan. Yevroning dollarga nisbatan kursi esa, 1,1116 dollardan 1,1020 dollargacha pasaygan. Dollarning iyenga nisbatan kursi avvalgi 102,19 iyendan 101,65 iyengacha pasaygan. Dollar indeksi (dollar kursining AQSh bilan savdo hamkorlari bo‘lgan olti davlat korzinkasiga nisbati) 0,23 foizga oshib, 96,13 punktga yetgan.
Tahlilchilarning ma'lum qilishicha, ayni damda bozor Yevroittifoqning boshqa mamlakatlarini yaqindan kuzatib bormoqda. Chunki Brexit domino holatini, ya'ni YeIdagi boshqa davlatlarni blokdan chiqib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
"Funtga keladigan bo‘lsak, u yangi minimumni qayd etishi mumkin. Angliya banki Brexit tufayli iqtisodni ushlab turish maqsadida foiz stavkalarini pasaytirishi mumkin", — dedi IG Securities’ning bozor tahlilchisi Yunisi Isikava.