Tarixchi Gudni Yoxansson Islandiyadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Jahon 22:43 / 26.06.2016 4212

Islandiyadagi prezidentlik saylovida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etgan mustaqil nomzod, tarixchi Gudni Yoxansson byulletenlarning barchasi hisoblab chiqilganidan keyin g‘olib chiqdi. Bu haqda Frans Press agentligi mahalliy nashrlarga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Yoxansson 39,1 foiz ovoz to‘plagan, uning eng yaqin ta'qibchisi, tadbirkor Xalla Tomasdottir saylovchilarning 27,9 foizlik qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Bu ma'lumotlar RUV telekanali efirida aytilgan.

Ekspertlarning baholashicha Yoxansson "boshqa plandagi prezident" bo‘ladi. Uning saylanishi islandiyaliklar tomonidan o‘tmishdan voz kechilgani sifatida qaraladi.

Hech bir siyosiy partiya a'zosi bo‘lmagan Gudni Yoxansson tarix fani bo‘yicha professor hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: