Tayson Fyuri doping-sinovdan o‘ta olmagani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sport 19:46 / 26.06.2016 5283

Superog‘ir vaznda IBO, WBO va WVA yo‘nalishlari chempioni Tayson Fyuri taqiqlangan moddalar qabul qilgani haqidagi xabarlarni inkor qilib chiqdi. Britaniyalik ushbu bokschining jamoasi tomonidan bildirilgan e'tiroz BoxingNews saytida keltirilgan.

Bundan oldinroq Mirror nashrida uning o‘tgan yili fevral oyida Klichkoga qarshi jangi oldidan topshirgan analizlari qayta tekshirilganda nandrolon moddasi topilgani haqida xabar berilgandi.

Fyuri o‘zining instagramida ukrainalik Vladimir Klichko bilan revanshi jarohati tufayli qoldirilishi haqida xabar qilgandi. 2015 yilning noyabrida u Klichkoni hakamlar bahosiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgandi.

Ushbu bokschilar o‘rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Manchester shahrida o‘tkazilishi belgilangan. Fyuri professional faoliyatida biron marta mag‘lubiyatga uchramagan (25 g‘alaba, 18 nokaut). Klichko 64 g‘alaba (53 nokaut) va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: