Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha qarorga taqiqlov qo‘yishi mumkin, deb ma'lum qildi Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjyen intervyusida.
Uning aytishicha, agar Britaniya hukumati Shotlandiya hukumatiga YeIdan chiqish masalasini qo‘yasa, Sterjyen "albatta" mamlakat parlamenti a'zolariga bu masala bo‘yicha "qonunan ruxsat" bermaslikni so‘raydi.
Sterjyenning eslatib o‘tishicha, u tomonidan boshqariladigan partiyada parlamentdagi 129 o‘rindan 63 o‘rin mavjud.
Shuningdek, bosh vazir vaziyatning o‘zgarishi va Shotlandiya hukumatining Britaniya bilan, Londonning Bryussel bilan va Shotlandiyaning Bryussel bilan muzokaralari nimaga olib kelishini kuzatish kerakligini qo‘shimcha qildi.