AQShning Intel korporatsiyasi o‘zining antivirus dasturiy ta'minotini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi McAfee bo‘limini sotishni o‘ylamoqda, deb yozmoqda Financial Times.
Bunga yaqin odamlarning aytishicha, korporatsiya kiberxavfsizlik bo‘yicha bo‘limining keyingi taqdirini bankirlar bilan muhokama qilgan. Biroq korporatsiya tarmoqdagi eng yirik bitim rejalashtirilayotgani haqida ommaviy ravishda izoh berishdan bosh tortgan.
Intel McAfee‘ni 2011 yilda 7,7 mlrd dollarga sotib olgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, investorlar borgan sari ko‘proq kiberxavfsizlik sohasidagi xaridlarga qiziqmoqdalar va bu kompaniyalar o‘z bizneslarining kiberhujumlardan himoyalash borasida ko‘proq qiziqa boshlaganlari bilan bog‘liq. Ta'kidlanishicha, bir qator shunday firmalar McAfee’ni sotib olish uchun birlashishga tayyor.