Buyuk Britaniya quyi palatasidagi iltimosnomalar qo‘mitasi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi a'zoligi masalasi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish iltimosnomasini ovozlarni qo‘shib yozish holatiga yo‘l qo‘yilganlikka tekshiradi.
Ma'lum qilinishicha, firibgarlik yo‘li bilan qo‘shilgan barcha imzolar o‘chiriladi. Ayni vaqtda petitsiya 3 mln 200 ming imzo to‘pladi.
Avvalroq qayta referendum o‘tkazish iltimosnomasi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafdori tomonidan bir oy avval yaratilgani ma'lum qilingandi. Uning aytishicha, uning iltimosnomasi mamlakatning Yevropa Ittifoqida qolish tarafdorlari tomonidan "o‘g‘rilangan".