Reuters: "Belgiya poyezdidagi voqeaga aloqadorlikda gumon qilinganlar qo‘yib yuborildi"

Jahon 10:56 / 21.06.2016 2590

Amsterdam-Parij reysini amalga oshirayotgan "Talis" tezyurar poyezdiga hujum qilinishiga oid jinoiy ish doirasida ushlangan 6 nafar kishining barchasi hibsdan ozod etildi. Bu haqda, Reuters agentligi mamlakat prokuraturasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Ularning barchasi, ayblov e'lon qilinmasdan qo‘yib yuborilgan. 

Bundan avval, Belgiya federal prokuraturasi mamlakatning 3ta kommunasida 6ta tintuv ishlari o‘tkazilgani va 6 nafar kishi qamoqqa olingani haqida xabar qilgan edi. 

Eslatib ztamiz, 2015 yil avgust oyida 26 yoshli marokashlik Ayub al-Kazzaniy "Talis" poyezdi vagonida quroldan o‘q uzib, terakt sodir etishga uringandi. Ammo ekstremist vagonda ketayotgan ikki nafar amerikalik harbiy tomonidan yo‘q qilingan. Ulardan biri bo‘yni va qo‘l sohasida pichoqdan yaralangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: