Ukraina prezidenti matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko Yevropa chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Rossiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan Uels terma jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.
"Biz Uelsni yaxshi ko‘ramiz! NATOning oxirgi sammiti uchun, faqat bugina uchun emas. Yoqimli", deb yozdi Tsegolko feysbukdagi sahifasida.
Ko‘rinishicha, siyosatchi uning mamlakati terma jamoasi ham musobaqadan chiqib ketganini unutgan ko‘rinadi. O‘tgan haftada Ukraina termasi Shimoliy Irlandiyaga 2:0 hisobida yutqazib, Rossiyadan farqli o‘laroq, birorta ham ochko to‘play olmagan.
Ukraina prezidenti o‘shanda terma jamoa futbolchilariga "qattiqroq bosish" iltimosi bilan murojaat qilgandi. Poroshenko ukrainalik futbolchilarning o‘yinidan ranjigandi.