Obama LinkedIn orqali ish qidirmoqchi

Jamiyat 08:10 / 21.06.2016 7925

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda tadbirkorlar bilan uchrashuvda o‘z lavozimidan ketgandan keyin LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘ziga ish qidirib ko‘rmoqchi ekanligi haqida hazil qildi, deb xabar bermoqda The Hill nashri.

"7 oy yoki shunga yaqin vaqtdan keyin men mehnat birjasiga boraman va u yerda bo‘lishimdan xursandman. Men LinkedIn’dan foydalanib, bundan nima chiqishini ko‘rmoqchiman", deb aytdi Obama.

2016 yil fevralda Obama LinkedIn orqali o‘zining hayotidagi birinchi ishi – muzqaymoq sotuvchisi yordamchisi bo‘lib ishlagani haqida so‘zlab bergan. Obamaning aytishicha, u bi ishdan "o‘ziga qimmatli xulosalar" chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: