Haagadagi xalqaro arbitrajning uchinchi sudi palatasi Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha Pekinning bu mintaqadagi harakatlari xalqaro huquqqa zid ekanligi haqida qaror chiqarsa, Xitoy BMT dengiz huquqi bo‘yicha Konventsiyasidan chiqishi mumkin. Bu haqda Kiodo agentligi xabar beradi.
"Xitoy Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining (ASeAN) ba'zi mamlakatlariga dengizdagi bahslarning yechimini nazorat ostiga olgan BMT Konventsiyasidan chiqishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lum qilgan", - deya ta'kidlaydi agentlik.
Iyun oyining o‘rtasida Kunminda (Yunnan xitoy provinsiyasidagi ma'muriy markaz) TIV rahbarlari ishtirokida ASeAN - XXR maxsus uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ASeAN mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatning rivojidan jiddiy tashvishda ekanliklarini bildirishdi va Xitoyni mintaqada barqarorlikni ta'minlash uchun hamkorlikka chaqirishdi.
Bundan tashqari, ular Pekindan qurol orttirishga yo‘l qo‘ymaslikni, shuningdek bu hududda orollar yaratish bo‘yicha faoliyatiga chek qo‘yishni talab qilishdi.