OAV: Yevropada internetning katta qismiga kirib bo‘lmay qoldi

Fan-texnika 08:16 / 21.06.2016 4430

Yevropa hududida internetning katta qismiga kirib bo‘lmay qoldi, jumladan ko‘pchilik yevropaliklar WhatsApp, Reddit va Slack xizmatlariga kira olmayaptilar. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi.

Ehtimol, bunday katta miqyosdagi nosozlikka Yevropa va AQSh o‘rtasida Atlantika okeani orqali o‘tgan, TeliaSonera telekommunikatsion xoldingi kabelidagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkin.

Ba'zi foydalanuvchilarda messenjerlar juda sekin yoki uzilishlar bilan ishlamoqda. Ko‘plab resurslarni viruslardan saqlovchi va ularning unumdorligini oshiruvchi CloudFlare xizmati ishlamay qolgan. CloudFlare vakillari butun Yevropa hududi bo‘ylab nosozliklar haqiqatan qayd qilinganini va uni tiklash bo‘yicha ish olib borilayotganini tasdiqlashdi.

Buning sabablaridan biri Amazon serverlaridagi nosozliklar bo‘lishi mumkin, chunki kompaniya ko‘plab Yevropa saytlarining normal ishlashini ta'minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: