Greubel Forsey million dollarga shishali soat chiqaradi

Fan-texnika 10:27 / 21.06.2016 4354

Shveytsariyaning Greubel Forsey kompaniyasi qo‘lda taqiladigan soatlarning shaffof sapfir shishadan ishlangan turini taqdim etdi. Model Double Tourbillon 30° Technique deb nomlangan. Luxurylaunches’ning xabar berishicha, uning adadi cheklangan miqdorda bo‘lib, faqat AQSh uchun chiqariladi. Narxi — 1,2 milliona dollarni tashkil etadi.

Soatning ajralib turadigan joyi shundaki, uning hech bir qismida metall ishlatilinmagan. Faqatgina bosh qismidan tashqari. Model ikkitalik turbiyn bilan murakkablashtirilgan. Zaxira miqdori 120 soatni tashkil etadi. Soatlar qo‘lda yig‘ib chiqilgan.

Ma'lumot uchun: Greubel Forsey kompaniyasiga 2004 yil Shveytsariyada asos solingan. U bir yilda taxminan 100 ta modul ishlab chiqaradi. Firmaning eng arzon soati 150 ming dollarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: