Bugun, 21 iyun kuni ertalab, soat 08:45da Toshkent shahridagi Grand Mir Hotel mehmonxonasini yonida avariya sodir bo‘ldi.
Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi Voditeli Tashkenta guruhida qoldirilgan ma'lumotga ko‘ra, ayol kishi boshqaruvidagi Spark avtomobili yo‘lovchi tashish yo‘nalishidagi "Gazel" rusumli marshrutkaga borib urilgan va marshrutka ag‘darilib ketgan.
Taxminlarga ko‘ra, yengil avtomobil haydovchisi yo‘lni bo‘sh deb o‘ylab, tezda o‘tib ketishni mo‘ljallagan.
Guvohlarning xabar qilishicha, «Gazel» haydovchisi avariyani sodir etmaslikka harakat qilib, mashinani o‘ng tomonga olib qochgan, ammo hodisa baribir sodir bo‘lgan va mikroavtobus «Spark»ka yon tomondan urilganidan so‘ng ag‘darilgan.
Xabar ostida fikr qoldirgan guvohlar bu hududda tez-tez avariya sodir bo‘lib turishiga e'tibor qaratishgan.
Voqea joyiga YPX xodimlari hamda tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan. Ushbu YTH natijasida bir necha kishi jarohatlangan. Qurbonlar yo‘qligi aytilgan.