Gollivud aktyori Yelchinning o‘limiga avtomobildagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Jamiyat 09:30 / 21.06.2016 7008

Rus ildizlariga ega amerikalik aktyor Anton Yelchin avtomobilidagi uzatmalarni almashtirish dastasidagi nuqson sababli halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aktyor 19 iyunda ertalabki payt San-Fernando vodiysidagi uyi oldida ko‘cha darvozasining g‘ishtli ustuni va avtomobil orasida siqilgan holda do‘stlari tomonidan jonsiz holda topilgan. 

Daily Mail nashrining yozishicha, aktyorning avtomobili Jeep Grand Cherokee yo‘ltanlamasi bo‘lgan. Bu avtomobil AQShda va qolgan davlatlarda uzatmalarni almashtirish dastasining chalg‘ituvchi dizayni sababli ko‘ngilli ravishda ortga chaqirtirilgandi. Bu dastada neytral va to‘xtab turish uzatmalarini almashtirib yuborish mumkin. Joriy yil bahorida Fiat Chrysler kompaniyasi 2012 yil 16 aprel va 2015 yil dekabri orasida ishlab chiqarilgan Jeep Grand Cherokee avtomobillarini ortga qaytarib olgandi. 

Jeep avtomobillaridagi uzatmalarni almashtirish elektron dastasi haydovchi uni tortgandan keyin dastlabki holatiga qaytgan. Ya'ni haydovchi dastaga bir qaraganda mashina to‘xtab turish holatiga qo‘yilganini aniqlay olmagan. Buning uchun haydovchi tovushli signalni eshitishi yoki dastadagi indikatorga qarashi kerak bo‘lgan.

Bu nuqson AQShda yuzlab avtofalokatlarga sabab bo‘lgan deb hisoblanadi, chunki haydovchilar o‘zlari bilmagan holda mashinalaridan uni neytral holatda qoldirgan holatda tushadilar.

Cherokee’ning aniq modeli va aktyorning o‘limiga olib kelgan vaziyat hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda, biroq dasta aktyorning o‘limiga ehtimoli eng yuqori bo‘lgan sabab hisoblanmoqda. Aktyorning jasadi uning mashinasi neytral uzatmada va dvigateli yoqiq bo‘lgan holatda aniqlangan.

Ushbu holatni tergov qilishga AQSh yo‘llarida harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi vakillari qo‘shilishdi. 

Aktyorning o‘limi munosabati bilan ko‘plab aktyorlar o‘z hamdardliklarini bildirdilar.

Ko‘proq yangiliklar: