Eron Bahrayn hukumatini oyatulloh Qosimga nisbatan qo‘llangan jazo uchun qoraladi

Jahon 10:53 / 21.06.2016 4000

Eron Tashqi ishlar vazirligi Bahrayn hukumatining shialar diniy rahnamosi oyatulloh Iso Ahmad Qosimga nisbatan amalga oshirgan harakatlari uchun qoralab chiqdi.

"Bu xalqqa qarshi harakatlar Bahrayndagi siyosiy vaziyatni xalqaro dialoglar vositasida to‘g‘rilash uchun umidlarni chippakka chiqardi. Bahrayn hukumati xalq bilan o‘rtadagi ko‘priklarni buzib tashladi. Ular tushunishi kerakki, millatlararo muloqotgina Bahrayndagi inqirozga chek qo‘yishi mumkin", deyiladi Eron TIV bayonotida.

Bundan oldinroq, Bahrayn hukumati mamlakatdagi eng taniqli shialar yetakchisi, "Al-Vifoq" nomli diniy harakat rahnamosi shayx Iso Ahmad Qosimni fuqarolikdan mahrum etgani ma'lum bo‘lgandi.

Bahrayn aholisining katta qismi shia mazhabida, qirollik xonadoni esa sunniylardir. Eron aholisining 90 foizdan ortig‘i shialar, jumladan hukumat vakillari ham.

Ko‘proq yangiliklar: