Braziliya futbol konfederatsiyasi terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi

Sport 10:01 / 21.06.2016 9246

Braziliya futbol konfederatsiyasi Tite milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanganini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga asoslanib Tribuna xabar tarqatdi.

Kunning ikkinchi yarmida uni tanishtiruv marosimi o‘tkazilgan.

Tite bu lavozimda Dungani almashtirdi. Sobiq murabbiy Amerika Kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan keyin ishdan olingan.

Tite bu vaqtgacha "Korintians" jamoasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Braziliya terma jamoasi 13 iyun kuni Perudan 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Amerika Kubogini guruh bosqichidayoq tark etdi. Braziliyaliklar 1983 yildan buyon bunday yomon natija qayd etishmagandi.

2015 yilgi Amerika Kubogida Braziliya chorak finalda paragvayliklarga yutqazib qo‘ygandi.

Dunga Braziliya terma jamoasini 2006-2010 yillarda birinchi marta, 2014-2016 yillarda ikkinchi marta boshqardi. Uning yetakchiligida brazillar 2007 yilgi Amerika Kubogi hamda 2009 yilgi Konfederatsiyalar Kubogida zafar quchishdi.

"Korintians" 55 yoshli Tite bosh murabbiyligida 2 marta Braziliya chempionatida g‘olib chiqqan (2011, 2015), 2012 yilda esa Libertadores Kubogi hamda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida tengsiz bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: