Yaponiya hukumati KXDRning ballistik raketasi ishga tushirilgan taqdirda uni qo‘lga olishni buyurdi

Jahon 10:09 / 21.06.2016 5738

Yaponiya mudofaa kuchlari zarurat tug‘ilganda KXDRning ballistik raketasini qo‘lga tushirish buyrug‘ini oldi. Bu haqida Kiodo agentligi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yaponiyalik harbiy xizmatchilar "raketani ishga tushirishga tayyorgarlik belgilarining mavjudligi bois" mudofaa vaziri Gen Nakatanidan shunday buyruq olishgan. 

Dushanba kuni KXDR Davlat mudofaa qo‘mitasi (DMQ) provakatsiya holatlari yuz bergan taqdirda Pxenyan Amerika bazalariga tayyor ekanligi to‘g‘risida ma'lum qilgan. Mazkur hujjat "Missisipi" nomli amerikaliklarning atom suvosti kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portiga keltirilishi hamda AQShning Guamdagi VVS bazasida V-52 strategik bombardimoni ishtirokida mashqlar o‘tkazilishi munosabati bilan chop etilganligi ta'kidlanmoqda.

Koreya yarimorolidagi vaziyat KXDR 6 yanvar kuni o‘tkazgan yadroviy sinovdan so‘ng keskin tus oldi, 7 fevralda esa BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzib, Yerning sun'iy yo‘ldoshi bilan raketa tashuvchini ishga tushirdi. Bunga javoban Xavfsizlik Kengashi bir ovozdan KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Pxenyanda raketa tashuvchining kosmosni tadqiq qilish maqsadida ishga tushirilgani, yadroviy sinov esa - AQShning tajovuzkorona siyosatidan himoyalanish maqsadida o‘tkazilganini bildirilib, Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasi tan olinmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: