Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 iyun shanba kuni XXR raisi Si Tszinpin taklifiga binoan, rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi, deb xabar qilmoqda rasmiy Kreml matbuot xizmati.
Ikki davlat yetakchilari, Rossiya-Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoya, ilmiy-texnik va gumanitar sohalardagi teng huquqli ishonchli hamkorlik va sheriklikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etishi kutilmoqda.
«Davlat rahbarlarining muzokaralari kun tartibida shuningdek, xalqaro siyosatdagi muhim muammolar, ko‘ptomonlama va mintaqaviy tashkilotlar, birinchi navbatda BMT, BRIKS, "Katta yigirmalik" guruhi doirasida o‘zaro hamkorlik qilish hamda ShHTning Toshkentda bo‘lib o‘tajak sammiti chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish kabi mavzular ham bo‘ladi», — deyiladi xabarda.