«O‘zeltexsanoat» AK 2030 yilgacha 1 mlrd dollarlik invesittsiya o‘zlashtiradi

Iqtisodiyot 15:04 / 20.06.2016 3680

«O‘zeltexsanoat» AK 2030 yilgacha 1 mlrd dollar atrofidagi investitsiya o‘zlashtirishni rejalashtirgan.

«O‘zeltexsanoat» AK ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda 2030 yilgacha rivojlanish dasturi ishlab chiqilmoqda.

Bu dastur doirasida keyingi 14 yil ichida 1 mlrd dollar miqdoridagi investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu mablag‘lar 22 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va korxonaning ishlab chiqarish hajmini 5,1 barobar oshirish imkonini beradi.

«O‘zeltexsanoat» AK tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi orqali import hamjini kamaytirish imkoni paydo bo‘ladi.

Keyingi 5 yil davomida avvallari import orqali O‘zbekistonga olib kirilgan 25 turdan ortiq maishiy texnika buyumlari mahalliy tarzda ishlab chiqarila boshlandi. Natijada, ichki bozorning 40-45 foizi mahalliy mahsulotlar bilan ta'minlanadigan bo‘ldi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda ichki iste'mol bozori ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar bilan qondirish bo‘yicha chora-tabdirlar ko‘rilmoqda. Xususan, 2016 yilda kompaniya ichki maishiy texnika bozorini: konditsionerlar -37,2 foizgacha (ishlab chiqarishning o‘sishi 8,6 foizni tashkil etdi), gaz va elektroplitalar -56 foizgacha (+6,7%), televizorlar — 60,1 foiz (+6,5%), muzlatkichlar — 32,5 foizgacha (+4,6%), kir yuvish mashinalari — 65 foizgacha (+3,1%) to‘yintirishni mo‘ljallagan.

Ko‘proq yangiliklar: