Italiyaning «Yuventus» klubi rahbariyati Polya Pogbani qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi, lekin buning uchun 160 mln yevro talab qilishini ma'lum qilgan. Bu haqda Ispaniyadagi Marca nashri xabar tarqatdi.
Fransiyalik ushbu yosh futbolchi uchun hozirda asosiy talabgor «Real» bo‘lib turibdi, uning transferi bo‘yicha muzokaralar boshlanganini agent Mino Rayola tasdiqlagan.
Turinliklar ozroq yon berishlari mumkinligi, lekin bu transfer futbol tarixidagi rekord darajadagi transfer bo‘lishi aytilmoqda.
Ayni vaqtda futbolchi terma jamoasi bilan Yevropa chempionati o‘yinlarida band bo‘lgani tufayli transfer jarayoni to‘xtab turibdi. Turnir yakunlangach, jarayon tezlashishi kutilmoqda.
Pogbani o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» kabi yana bir necha jamoalar tomonidan ham takliflar bildirilgan.
Manba: Tribuna.uz