UYeFA Rossiya futbolchilari Kareliyadagi qurbonlar xotirasi uchun Uelsga qarshi o‘yinda bog‘ich taqib o‘ynashiga ruxsat bermadi

Sport 17:30 / 20.06.2016 3362

UYeFA Rossiya terma jamoasining Uels terma jamoasiga qarshi o‘yinda Kareliya fojiasi munosabati bilan motam bog‘ichlari taqqan holda maydonga tushishiga ruxsat bermadi. Bu haqda «Match TV» xabar bergan.

19 iyun kuni Rossiyaning Kareliya o‘lkasida joylashgan Syamozero ko‘lida bo‘ron berishi tufayli qayiqlar ag‘darilib ketdi va oromgohga kelgan bolalarning 14 nafari halok bo‘ldi. 

Biroz oldinroq, Rossiya terma jamoasi sardori Vasiliy Berezutskiy jamoa futbolchilari 20 iyun kungi uchrashuvga motam bog‘ichlari taqqan holda chiqmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.

UYeFA bu aksiyaga qarshilik ko‘rsatgani sababi keltirilmagan.

Rossiya terma jamoasining Uelsga qarshi hal qiluvchi bellashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:59da Tuluza shahridagi stadionida boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: