GRAND BAZAR.uz tadbirkor va hunarmandlar jamoasi 2016 yilning 25-26 iyun kunlari poytaxtdagi "Turkiston" san'at saroyida Ramazon Hayiti aëmiga bag‘ishlangan milliy hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tkazadi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan tashrif buyuradigan usta-hunarmandlar o‘zlarining ajoyib ijod mahsulotlarini namoyish qiladilar.
Ko‘rgazmada Marg‘ilon shohi matolari va adraslari, Shahrixonning mashhur damashqiy pichoqlari, Samarqand ustalarining zardo‘zi va patdo‘zi uslubidagi libos va uy-ruzg‘or buyumlari, Toshkent va buxorolik zargarlarning milliy uslubdagi zargarlik mahsulotlari va boshqa ko‘plab ajoyib milliy sovg‘a va esdalik buyumlarini eng arzon chegirmali narxlarda xarid qilishingiz mumkin.
Mehmonlar uchun ajoyib va kutilmagan sovg‘alar tayyorlangan.
Ko‘rgazmaga kirish bepul.