O‘zbekiston TIV Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo barcha mamlakat rahbarlarining 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishiga umid bildirmoqda. Bu haqida Tashqi ishlar vazir o‘rinbosari Anvar Nosirov 20 iyun dushanba kuni jurnalistlarga ma'lum qildi.
ShHT tarkibiga O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi. Shuningdek Belarus, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston mamlakatlari kuzatuvchi maqomiga ega. 2015 yilda ShHTga Hindiston va Pokistonning qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
"ShHTga a'zo mamlakat rahbarlarining barchasi majlisdagi ishtirokini rasman tasdiqladi", - ma'lum qildi Nosirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT kuzatuvchilaridan Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Pokiston mamlakatlari prezidentlari, Hindiston bosh vaziri va Eron TIV rahbari sammitda ishtirok etishadi. ShHTga raislik qilayotgan O‘zbekistonning mehmoni sifatida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov taklif etilgan.
Shuningdek, Nosirov tadbirda qatnashish uchun Toshkentga ShHT ishtirokchi-mamlakatlaridan minglab xalqaro tashkilot va xorijiy OAV vakillari ishtrok etishini ma'lum qildi.
"Davlat rahbarlari uchrashuvining asosiy yakuniy hujjati - ShHT 15 yilligining Toshkent deklaratsiyasi bo‘lib, unda tashkilotning 15 yillik faoliyati, tashkilotga a'zo mamlakatlarning ShHT rivojlanish istiqbollariga muvofiqlashgan yondashuvi, shuningdek bugungi kundagi xalqaro va mintaqaviy vaziyatga nisbatan pozitsiyasi baholanadi", - yodga soldi u.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, deklaratsiyasida ShHT mamlakatlari yetakchilari tashkilot xartiyasida qayd etilgan boshqa davlat va tashkilotlarga yo‘naltirilmaganlik prinsiplarini qayta tasdiqlashadi.
Sammitda davlat rahbarlari 2016 - 2020 yillarga mo‘ljallangan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, axborot va xalqaro sohalarga oid asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlashlari rejalashtirilmoqda.