Birlashgan Arab Amirliklarida turmush sharoitining qimmatlashgani va mehnat bozorida noaniqlik hukm surayotgani, mehnat muhojirlarining bu mamlakatni ommaviy tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin. Morgan McKinley kompaniyasi qayd etishicha, turg‘unlik ayniqsa, neft-gaz sohasi hamda moliya va bank sohalarida kuzatilmoqda.
Mabodo ushbu sohalarning xodimi ishini yo‘qotadigan bo‘lsa, hozirgi sharoitda yangisini topish juda ham qiyin bo‘ladi, deb ta'kidlagan ekspertlar. Mehnat muhojirlarining bu mamlakatni tark etishiga, daromadlarning beqarorligi, kelajakka oid ishonchning yo‘qligi, turarjoy va ta'lim narxining ko‘tarilishi omil bo‘lyapti.
Morgan McKinley tadqiqoti shuni ko‘rsatmoqdaki, kompaniyalar ish haqlarini qisqartirishmoqda yoki ularni kam miqdorda oshirishmoqda.