O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida "Dorband" yo‘l-patrul xizmati posti hududiga tutashadigan, "G‘alaba" chegaraoldi temir yo‘l bojxona postida yangi "Dorband" bojxona punkti ochiladi, deb xabar bermoqda uzdaily.uz nashri.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 9 iyunda "Dorband" bojxona punktining ochilishi haqida tegishli qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, bojxona punkti faoliyati Termiz-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadigan avtotransport vositalarida kontrabanda amalga oshirish holatlarining oldini olishga qaratilgan bo‘ladi.
Bojxona punkti zamonaviy qurilmalar, jumladan mobil inspektsion-tekshiruv majmuasi bilan jihozlanadi.