Solar Impulse 2 dunyo bo‘ylab o‘z sayohatini davom ettirmoqda

Fan-texnika 13:51 / 20.06.2016 3978

Dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan quyosh batareyasi asosida parvoz qiluvchi Solar Impulse 2 samolyoti Nyu-Yorkdan uchib ketdi. Bu haqda loyihaning tvitterdagi rasmiy blogida ma'lum qilingan.

Avvalroq samolyot Ozodlik haykali yonidan uchib o‘tib, Nyu-Yorkdagi Jon Kennidi nomli aeroportga qo‘ngani haqida xabar berilgan edi. Bu uning AQShdagi so‘nggi bekati edi, shundan so‘ng samolyot Atlantika okeani bo‘ylab parvoz qilishi kejalashtirilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Solar Impulse 2 2015 yil 9 mart kuni Abu-Dabida o‘zining yer yuzi bo‘ylab sayohatini boshlagan edi. U allaqachon Ummon, Hindiston, Myanma, Xitoy, Yaponiya va AQShda bo‘ldi. Uni navbati bilan ikki uchuvchi Andre Borshberg va Bertran Pikar boshqarmoqda.

Solar Impulse 2 2014 yil 2 aprelida rasman namoyish qilingan edi. Uning og‘irligi 2,3 tonna bo‘lib, qanoti 72 metrni tashkil etadi. Havo layneriga 17,2 ming dona quyosh batareyalari o‘rnatilgan. Uning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: