Rossiya terma jamoasi futbolchilari Uelsga qarshi o‘yinda motam bog‘ichlari taqib tushishadi

Sport 20:52 / 20.06.2016 6329

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, terma jamoa futbolchilari bugun Uelsga qarshi o‘yinda Kareliya fojiasi qurbonlari xotirasi uchun qora bog‘ichlarda harakat qilishadi.

"Kareliyada vafot etgan bolalar xotirasi uchun Rossiya terma jamoasi futbolchilari Uelsga qarshi o‘yinda motam bog‘ichlarini taqqan holda maydonga tushishadi", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyun kuni Rossiyaning Kareliya o‘lkasida joylashgan Syamozero ko‘lida bo‘ron berishi tufayli qayiqlar ag‘darilib ketdi va oromgohga kelgan bolalarning 14 nafari halok bo‘ldi. 

Bugun Rossiya terma jamoasi sardori Vasiliy Berezutskiy jamoa futbolchilari 20 iyun kungi uchrashuvga motam bog‘ichlari taqqan holda chiqmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘p o‘tmasdan «Match TV» telekanali UYeFA Rossiya futbolchilari Kareliyadagi qurbonlar xotirasi uchun Uelsga qarshi o‘yinda bog‘ich taqib o‘ynashiga ruxsat bermagani haqida xabar qildi.

Ko‘proq yangiliklar: