Portugaliyaning janubidagi Ferreyr-du-Alentejau kommunasida 19 iyunda sayyohlar samolyoti falokatga uchradi. Falokat oqibatida uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
Samolyot bortida hammasi bo‘lib 8 kishi bo‘lgan. Olti kishi jarohat olgan, yana bir sayyoh bedarak yo‘qolgan.
Falokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.