Portugaliyada 3D texnologiyasini ishlatgan soxta tangachilar qo‘lga olindi

Jahon 17:17 / 20.06.2016 3263

Avstraliyada  o‘qotar qurollarni bosib chiqaruvchi bayker qo‘lga olingan edi, endi Portugaliya huquq-tartibot idoralari 3D printeri orqali pul birliklarini qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan shaxslarni qo‘lga olishdi.

Soxta tangachilar bir va ikki yevro qiymatidagi noodatiy qalbaki tangalar urib chiqarish uchun qo‘shimcha texnologiyadan foydalanishdi, shuningdek, katta qog‘oz pullarni ishlab chiqarish uchun bosma shakllardan foydalanishdi.  

Politsiya xodimlarining aytishicha, bu sxema mualliflari uch erkak kishi  bo‘lib, ularning faoliyati so‘nggi ikki yil ichida nazorat qilib kelindi. Boshqa soxta tangachilar guruhidan ular o‘zining o‘zgacha innovatsion yondoshuvi bilan farqlanib turadi: tanga ishlab chiqarish uchun maxsus asbob va shakllarni tayyorlash uchun esa  3D printeridan foydalanishgan. Aynan 3D bosib chiqarish tufayli jinoyatchilar qoyilmaqom yuqori sifatga ega nusxani ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

 Har bir guruh a'zosining o‘z vazifalari belgilangan bo‘lib, 2002 yilda qamoqqa tushgan 58 yoshli kishi guruhni tashqil qilgan. U yevro valyutalarni soxtalashtirish bo‘yicha eng yetakchi mutaxassislardan biri sanaladi. 29 yoshli mutaxassis esa qalbaki pul birliklari uchun 3D bosma shakllarni  tayyorlash bilan shug‘ullangan. Politsiya fikricha, qalbaki pullar nafaqat Portugaliyada, balki Sharqiy Yevropa,  Angola va Mozambik kabi davlatlarga ham tarqalgan.

Musodara qilingan materiallar orasida puldagi gologrammalarni soxtalashtirish uchun ishlatilgan kumush folga va maxsus qog‘ozlar topildi. Eng ajablanarlisi, bir necha maxsus loyihalashtirilgan asboblar yordamida tanga yaratish uslubi soxta tangachilarga mohirona va «tabiiy» surat tushirishiga yordam bergan. Hattoki, tanga chekkaisdagi metall gardish va burchaklar original pul birligidek aniq tushirilgan.  Chinakam tangalardan farqlanuvchi yagona jihat bu magnit  hususiyatlarning yo‘qligi bo‘lib, biroq buni hamma ham sezavermaydi. Endi soxta tangachilarni 15 iyundan beri davom etib kelayotgan sud qarori kutmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: