Meksikada 600 kg giyohvand moddasi bilan ikki nafar venesuelalik harbiy ushlandi

Jahon 09:46 / 20.06.2016 2785

Meksika hukumati samolyot bortida 600 kg kokain olib o‘tayotgan ikki nafar venesuelalik harbiyni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat prokuraturasi ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, harbiylar giyohvand moddalarini mamlakat hududiga Aeromexico aviakompaniyasining samolyoti bortida olib o‘tishni rejalashtirishgan. Ularga qo‘shib Karakas aeroportining sakkiz xodimi ham qo‘lga olingan. Giyohvand moddalari musodara qilingan.

Xalqaro narkokartellar Venesuela hududi va havo kengiklaridan giyohvand moddalarini olib o‘tish maqsadida foydalanishadi. Ayniqa, Kolumbiya kokainini AQSh hududiga. So‘nggi yillarda mamlakat harbiy-havo kuchlari narkomafiya samolyotlarini urib tushirishga ruxsat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: