Medvedev Kareliyadagi bolalar fojiasi jinoiy loqaydlik natijasida ro‘y berganini ma'lum qildi

Jahon 18:27 / 20.06.2016 3533

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Kareliyadagi bolalarning halok bo‘lishi yaqqol jinoiy loqaydlik tufayli ro‘y berganini aytdi, deb xabar beradi TASS. 

Bu haqida u vazir o‘rinbosarlari bilan kechgan uchrashuvda ma'lum qilgan. 

"Bu mutlaqo shafqatsiz jinoiy loqaydlikning yaqqol natijasidir. Huquqiy malakasidan qat'i nazar", - dedi Medvedev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada maxsus tergov ishi yuritilishi zarur. 

Undan avvalroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tergov ishlari xavfsizlik talablariga javob bera olmaydigan oromgoh qanday qilib Kareliyada bolalarni qabul qilishi mumkinligini o‘rganib chiqishi kerakligini aytgandi. 

Oromgohni tekshirish ishlari natijasiga ko‘ra, «Park-otel «Syamozero» sog‘lomlashtirish oromgohida jiddiy buzilishlar aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: