Maldonadu: ko‘plab ruslar Yemelyanenkoni yutganimni aytishdi

Sport 08:16 / 20.06.2016 6469

Aralash uslub jangchisi, rossiyalik jangchi Fyodor Yemelyanenko bilan jangda hakamlar qarori bilan mag‘lub deb topilgan braziliyalik Fabiu Maldonadu hakamlar unga nohaq mag‘lubiyat berishgan, deb hisoblamoqda.

"Men Fyodorni hurmat qilaman, u men uchratgan eng kamtarin jangchi. Men bu jangni o‘tkazganimdan baxtiyorman. Biroq fikrimcha, men yutdim, to‘g‘rimi? Men 3-raundni yutqazmadim. Eng yomon vaziyatda unga 3-raundni bering va unda bizda durang bo‘ladi. U jangni yutmadi, hakamlar boshqa hech kim ko‘rmagan narsani ko‘rishibdi. U 2-raundda yaxshiroq bo‘ldi, biroq bu 10-8 emas edi. 1-raundda ochkolar nisbati 10-8 mening foydamga bo‘lganiga shubham yo‘q.

U deyarli bir necha bor yiqildi. Hamma 1-raundda kamida 10-8 bo‘lgani, hattoki 10-7 bo‘lganini bilishadi. U menga to‘r oldida zarba berdi, biroq men u yerda u hujum qilishini istaganim uchun turdim. Odamlar nima yuz berganini bilishadi. Hamma biladi. Ko‘plab ruslar jangdan keyin yonimga kelib, mening yutganimni aytishdi", deb jangchining aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi MMA Fighting.

Ko‘proq yangiliklar: